Prezident maktablariga tanlovdan oʼta olmagan pedagoglar ham ish bilan taʼminlanadi 

10:27 18 Avgust 2022 Jamiyat
339 0

Foto: Prezident taʼlim muassasalari agentligi

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Agentlik tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul imtihonlari yakuni yuzasidan matbuot anjumani boʼlib oʼtdi.

Matbuot anjumanida Agentlik va Xalq taʼlimi vazirligi masʼullari ishtirok etishdi.

Unda imtihon jarayonlari qanday tashkil etilganligi yangi oʼquv yiliga koʼrilayotgan tayyorgarlik jarayonlari xususida soʼz yuritildi.

Bundan tashqari, Agentlikka oʼtkazilishi belgilangan 14 ta maktabning ayrim binolari Agentlik tizimiga oʼtkazilib, qolgan binolarida umumtaʼlim maktablari sifatida oʼz faoliyatini davom ettirishi, bunda 3 789 nafar oʼqituvchidan 725 nafarining (19,1 foiz) ish joylari saqlanib qolishi maʼlum qilindi.

— Prezident maktablariga tanlovdan oʼta olmagan pedagoglar ham ish bilan taʼminlanadi. Imtihonlarning test bosqichida yaxshi natija koʼrsatib, suhbatdan past ball olgan oʼqituvchilar umumtaʼlim maktablari sifatida faoliyatini davom ettirishi mumkin boʼlgan maktablarning ixtisoslashtirilgan sinflarida dars beradi, — dedi Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktor oʼrinbosari  Dilshod Kenjayev

Qolgan 5 277 nafar boshlangʼich va 33 994 nafar yuqori sinf oʼquvchilari Agentlik tizimiga oʼtkazilgan 99 ta maktabda taʼlim olishni davom ettiradi.

Bunda oʼquvchilarning kirish imtihonidan muvaffaqiyatli oʼtganlari mazkur maktablarning ixtisoslashtirilgan sinflarda tahsil olishadi.

Kirish imtihonidan oʼta olmaganlari esa shu maktablarning umumtaʼlim sinflarida oʼqishni davom ettiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?