Prezident: “Xalqimiz bilan birgalikda tanlagan va amalga oshirayotgan rivojlanish yoʻlimiz naqadar toʻgʻriligini, saylov natijalari yana bir bor tasdiqladi”

11:36 06 Noyabr 2021 Siyosat
251 0

Ayni paytda Senat yangi binosida Oʻzbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi boʻlib oʻtmoqda.

Shavkat Mirziyoyev tadbir davomida nutq soʻzlayapti.

Davlatimiz rahbari 24-oktabr kuni boʻlib oʻtgan saylovda koʻpmillatli xalqimiz faol ishtirok etib, oʻzining erkin xohish-irodasini, yuksak huquqiy ongi va siyosiy madaniyatini yaqqol namoyon etganini qayd etdi.

«Xalqimiz bilan birgalikda tanlagan va amalga oshirayotgan rivojlanish yoʻlimiz naqadar toʻgʻriligini, saylov natijalari yana bir bor tasdiqladi. Bu esa, barchamizga yangi kuch, baland ruh va ishonch bagʻishlaydi.

Saylovning erkin va demokratik, ochiq va oshkora, sogʻlom raqobat va siyosiy kurash muhitida oʻtganini, xalqaro va xorijiy kuzatuvchilar ham eʼtirof etdilar» — dedi Prezident.

Rahim ShERQULOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?