Prezident ijod maktablarining 98 foiz bitiruvchisi talaba boʻldi

14:20 06 Sentyabr 2021 Jamiyat
583 0

Bu yil Prezident taʼlim muassasalari tizimidagi 6 ta ijod maktabi:

Nukus shahridagi I. Yusupov nomidagi ijod maktabi;

Margʻilon shahridagi E.Vohidov nomidagi ijod maktabi;

Andijon shahrida joylashgan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi;

Namangan viloyatidagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi;

Qarshi shahridagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi;

Jizzax viloyatidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktablarini jami 160 nafar bitiruvchi tugatdi.

Shundan 98 foizi xorijiy va mahalliy OTM larga oʻqishga kirishdi.

Jumladan, Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 39 nafar bitiruvchisining hammasi mahalliy va xorijiy oliygohlar talabasi (ulardan 27 nafari mahalliy OTM larga, 12 nafari esa xorijiy oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga qabul qilingan) boʻlishdi.

Agentlik tizimidagi qolgan 3 ta ijod maktabida 2020/2021-oʻquv yilida bitiruvchi sinflar mavjud emas.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?