Prezident investitsiya loyihalarini tashqi infratuzilma bilan taʼminlashga oid yangi qarorni imzoladi

02:12 26 Avgust 2021 Iqtisodiyot
351 0

“Investitsiya loyihalarini tashqi infratuzilma bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2021-yil 1-oktyabrdan investorning qiymati 200 milliard soʻmdan oshadigan, uning oʻz mablagʻlari ulushi 25 foizdan kam boʻlmagan, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

Qiymati 200 milliard soʻmdan oshadigan investitsiya loyihalari doirasida byudjet ssudasi mablagʻlari:

➖ elektr energiyasi tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari uchun – “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJlarga;

➖ tabiiy gaz tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari uchun – «Oʻztransgaz» AJ va «Hududgaztaʼminot» AJlarga ajratiladi.

Avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari huzuridagi avtomobil yoʻllarini rivojlantirish jamgʻarmalari hisobidan amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?