Prezident huzurida Paxtachilik kengashi tashkil etiladi

15:55 28 Iyun 2022 Siyosat
485 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi. 

Olimlarimiz yaratgan 100 sentnergacha hosil beradigan paxta navlari (Buxoro, Ravnaq, Porloq, Sulton) klasterlarga yetkazilmayapti, dehqon va fermerlarimiz qaysi hosildor urugʻlarni ekishni va ularni qayerdan olishni bilmayapti.

Soʻnggi yillarda kunduzgi va tungi harorat bir xil boʻlib qolayotgani, yangi turdagi hashoratlarning koʻpayib borayotgani ushbu sharoitga chidamli navlarni koʻpaytirishni taqozo qilmoqda.

Gʻoʻzani oʻgʻitlashni oʻzgartirish, gerbitsid va pestitsidlarni ham tartibga solish vaqti-soati keldi.

Shu bois Prezident huzurida Innovatsiya vaziri I.Abduraxmonov boshchiligida Paxtachilik kengashi tashkil etilishi belgilandi. Kengash:

— har yili hosildor va ertapishar navlarni hududlar kesimida koʻpaytirish va ekishni har bir klaster boʻyicha belgilab beradi;

— iqlim va harorat oʻzgarishlariga mos boʻlgan oʻgʻitlash sxemasini ishlab chiqadi, gerbitsid va pestitsidlar qoʻllashni tartibga oladi;

— keyingi yillarda hashoratlar eng katta muammo boʻlishini inobatga olib, ularga qarshi kurashish boʻyicha har bir hududga mos agrotexnologiyalarni ishlab chiqadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер