Prezident farmoni bilan Urbanizatsiyani rivojlantirish jamgʻarmasi tugatildi

11:02 22 Yanvar 2022 Jamiyat
744 0

“Respublika hududlarida tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–54-son, 21.01.2022-y.) qabul qilindi.

Farmon bilan Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmalari tashkil etildi.

Jamgʻarmalarni shakllantirishning asosiy manbasi yerni xususiylashtirishdan va yerni ijaraga berishdan tushadigan mablagʻlar hisoblanadi.

Jamgʻarmalar mablagʻlari quyidagilar uchun sarflanadi:

  • “Yangi Oʻzbekiston”, davlat uy-joy dasturlaridagi massivlarni tashqi muhandislik-kommunikatsiya bilan taʼminlash;
  • 200 milliard soʻmdan oshadigan, investorning oʻz mablagʻlari 25 foizdan kam boʻlmagan, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarni tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash;
  • aholi punktlari bosh rejalari, hududlarning maʼmuriy-rejalashtiruv topshiriqlari va batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish.

Farmon bilan shuningdek, Urbanizatsiyani rivojlantirish jamgʻarmasi tugatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?