Prezident Farmoni bilan surxondaryolik dehqon “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi

22:55 25 Fevral 2024 Jamiyat
181 0

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Prezidentimizning Farmoni bilan Termiz tumanidagi Qahramon mahallasida istiqomat qiluvchi 63 yoshli tadbirkor-dehqon Boboyor Xolboyev “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi.

Termiz shahridagi Yoshlar markazida tashkil etilgan tantanali marosimda Boboyor Xolboyevga “Doʻstlik” ordenini topshirildi. Unda viloyat hokimligi mutasaddilari, sektorlar rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faollar nuroniylar va yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar Oʻzbekiston inson qadri ulugʻlangan yurt ekani, islohotlarga munosib hissa qoʻshayotgan insonlar mehnati munosib ragʻbatlantirilayotganini alohida qayd etishdi.

Darhaqiqat, Boboyor Xolboyevning halol mehnati yurtimiz obodligi va xalqimiz farovonligiga xizmat qilmoqda. U ayni paytda 33 sotix issiqxonada 450 ming tup pomidor, 100 ming tup bodring, 100 ming tup bulgʻor qalampiri, 20 ming tup baqlajon, 40 ming tup qovun-tarvuz, 400 ming tupga yaqin 20 turdagi turli gul koʻchatlarini parvarishlab, fermer va dehqon xoʻjaliklariga yetkazib bermoqda. Issiqxonada 12 nafar mahalladoshini doimiy ish bilan taʼminlagan. Ularning oʻn nafari xotin-qizlardir. Issiqxona barpo etayotgan mahalladoshlariga ham qishin-yozin mahsulot parvarishlashning sir-asrorlarini qunt bilan oʻrgatmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?