Prezident dzyudo bahslarini kuzatdi

22:20 10 Oktyabr 2022 Siyosat
953 0

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-oktyabr kuni “Humo Arena” sport saroyiga tashrif buyurib, dzyudo boʻyicha jahon chempionati bellashuvlarini tomosha qildi.

Maʼlumki, bu nufuzi boʻyicha Olimpiya oʻyinlaridan keyingi oʻrinda turadigan muhim musobaqadir. Yurtimizda birinchi marta oʻtayotgan mazkur chempionatda 82 ta mamlakatdan 571 nafar dzyudochi ishtirok etmoqda. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 18 nafar yigit-qiz kurashmoqda.

Davlatimiz rahbari erkaklar oʻrtasida 90 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasidagi final bellashuvini kuzatdi. Qizgʻin va teng kurashlar ostida oʻtgan bahsda yurtdoshimiz Davlat Bobonov italiyalik raqibi Kristian Parlatini yengib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Bu mamlakatimiz dzyudosi tarixida yana bir katta muvaffaqiyat boʻldi.

Gʻolib Davlat Bobonov (oltin) va sovrindorlar Kristian Parlati (kumush), gruziyalik Lasha Bekauri va Luka Maysuradzega (bronza) medallarni Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirdi.

Musobaqaning keyingi kunlarida yana toʻrt nafar sportchimiz gilamga chiqadi. Jahon chempionati 13-oktyabr kuni yakunlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер