Prezident: “Bugun shiddatli taraqqiyotning oʻzi oldimizga qoʻyayotgan muhim bir talabni chuqur tushunib olishimiz zarur”

10:57 20 Iyun 2022 Siyosat
273 0

Davlatimiz rahbari Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvi davomida sohaga oid muhim masalalarni muhokama qilmoqda.

“Nima uchun aynan bugun konstitutsiyaviy islohotlar oʻtkazish zarurati tugʻilmoqda? 

Ayrim yurtdoshlarimiz, hatto baʼzi olimlarimiz ham Konstitutsiyamiz zamonaviy demokratik talablarga javob beradi-ku, unga oʻzgartirish kiritishga ehtiyoj bormi, degan savolni oʻrtaga qoʻymoqda. 

Toʻgʻri, Konstitutsiyamiz xorijiy ilgʻor tajriba hamda xalqaro standart va talablarga har tomonlama mos keladi. Bunga hech qanday shubha yoʻq. 

Men amaldagi Asosiy qonunimizni qabul qilishda ishtirok etgan komissiya aʼzosi sifatida oldin ham aytganman: Oʻzbekiston Konstitutsiyasi mustaqillik yillarida erishgan barcha yutuqlarimizning mustahkam huquqiy poydevori boʻlib kelmoqda. 

Buni hammamiz yaxshi bilamiz va yuksak qadrlaymiz. Shu bilan birga, bugun shiddatli taraqqiyotning oʻzi oldimizga qoʻyayotgan muhim bir talabni chuqur tushunib olishimiz zarur.

Hozirgi tahlikali zamon, yon-atrofimizdagi murakkab vaziyat ona Vatanimiz taqdiriga yanada ulkan masʼuliyat bilan yondashib, kechiktirib boʻlmaydigan strategik qarorlar qabul qilishni taqozo etmoqda" dedi Prezident.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?