Prezident Aziz Abduhakimovga yana bir topshiriq berdi

18:15 24 Avgust 2021 Siyosat
1313 0

Prezident rahbarligida oʻtkazilayotgan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilish davom etmoqda.

Qayd qilinishicha, bugungi kunda respublikamizdagi 300ga yaqin istirohat bogʻlari turli vazirlik va idoralarga qarashli boʻlib, ularning aksariyati qarovsiz holatda. Misol uchun, Andijon shahrida Madaniyat vazirligi va Yoshlar ittifoqiga qarashli 3 ta istirohat bogʻi taʼmirtalab ahvolda.

Shu bois videoselektorda Bosh vazir oʻrinbosari A. Abduhakimovga viloyat hokimlari bilan birga bir oy muddatda barcha istirohat bogʻlari va hududidagi mavjud daraxtlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazib, ularni rivojlantirish boʻyicha qaror loyihasini kiritish vazifasi berildi.

Viloyat hokimlari yil yakuniga qadar ushbu istirohat bogʻlarida aholi uchun “sokin hudud”larni tashkil etadi. Bunda mazkur bogʻlarning kamida 60-70 foizi “yashil hudud” boʻlishi kerak va ushbu hududlarda bino-inshootlar qurilishiga ruxsat berilmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?