Prezident 65 nafar fuqaroni afv etish boʻyicha farmonni imzoladi

17:26 29 Aprel 2022 Siyosat
4263 0

“Ramazon oyi – saxiylik, mehr-oqibat va bagʻrikenglik oyidir. Bu qutlugʻ ayyomda mehr-shafqatli, kechirimli boʻlish hammamiz uchun ham farz, ham qarz”, dedi davlatimiz rahbari.

Shu munosabat bilan, Ramazon hayiti arafasida Prezident adashib jinoyatga qoʻl urgan, lekin aybini chuqur anglab, tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan 65 nafar fuqaroni afv etish boʻyicha farmonni imzoladi.

Mutasaddilarga ushbu fuqarolar bayramni oʻz uyida, yaqinlari bagʻrida kutib olishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish boʻyicha topshiriq berildi.

Shu bilan birga, viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari oldiga bayram yuqori saviyada oʻtishini taʼminlash vazifasi qoʻyildi.

“Ulugʻ mutafakkir Mir Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, odamlarning dardiga darmon boʻlish – insoniylikning oliy namunasi ekanini unutmasligimiz, bunday ezgu ish uslubi bizning nafaqat xizmat vazifamiz, shu bilan birga, vijdoniy burchimizga aylanishi kerak”, dedi Prezident soʻzining yakunida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер