Prezident 100 nafar tadbirkorga nega minnatdorchilik xati yuborganini izohladi

11:08 20 Avgust 2021 Siyosat
769 0

Davlatimiz rahbari shijoatli va fidoyi tadbirkorlarning ayrimlarini tilga olib, xalqimizga madadkor boʻlayotgani uchun ularga minnatdorchilik bildirdi.

- Biz doimo izlanib, yangilikka intilib yashaydigan tadbirkorlarimizni, oʻz ishiga fidoyi va jonkuyar, vatanparvar insonlar deb bilamiz va ularni qadrlaymiz.

Ayniqsa, murakkab pandemiya davridagi sinov va qiyinchiliklar paytida ham, xalqimizga madadkor boʻlib, oʻz biznesini nafaqat saqlab qolgan, balki yangi ish oʻrinlarini yaratib, muhtojlarga koʻmak berayotgan hamda ishlab chiqarish va eksportni oshirgan tadbirkor doʻstlarimga bugun chin qalbimdan rahmatlar aytaman.

Ana shunday faol va fidoyi tadbirkorlarning 100 nafariga chuqur minnatdorchilik ramzi sifatida, birinchi marotaba Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining minnatdorchilik xatini imzoladim.

Fursatdan foydalanib, ana shunday eʼtirofga sazovor boʻlgan fidoyi, vatanparvar, saxovatpesha va gʻayratli tadbirkor va ishbilarmonlarga, takroran chuqur tashakkur bildiraman va sizlarning safingiz, butun mamlakatimiz boʻylab, kun sayin oshib borishiga astoydil ishonaman, - dedi Prezident.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?