«Prava» olish uchun imtihon IIVdan xususiy sektorga berilishi kutilmoqda

18:00 27 Noyabr 2020 Jamiyat
667 0

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev maʼlum qildi. 

"Haydovchilik guvohnomalari olish uchun imtixon olish IIVdan xususiy sektorga berilishi kutilmoqda.

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari A.Ikramovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi majlisida bergan axborotida bu haqida aytib oʻtildi.

Vazir oʻrinbosarining bildirishicha, hujjat loyihasiga koʻra, imtihon olishga moslashgan avtodromlar va imtihon olish tizimi toʻliq xususiy sektorga beriladi va IIV buni monitoring qilib boradi.

Bu jarayon 2021-yil davomida amalga oshirilishi kutilmoqda.

Umid qilamizki, bu haydovchilik masʼuliyatini oshirib, yoʻllarimizda madaniyatli haydovchilar koʻpayishiga xizmat qiladi" deb yozadi u oʻzining telegram kanalida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?