Popda tormozi ishdan chiqqan yuk avtomobili agʻdarilib ketdi. Haydovchi vafot etdi

20:26 10 Sentyabr 2021 Jamiyat
299 0

Joriy yilning 10-sentyabr kuni soat 04:30 larda, Namangan viloyati, Pop tumani hududidan oʻtgan A-373 “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 250-kilometrida haydovchi, 1979-yilda tugʻilgan J.A. “Isuzu” rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotgan vaqtda transport vositasining tormozi ishlamay qolgan va oʻzidan oldinda boʻlgan haydovchi, 1978-yilda tugʻilgan Q.U. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtomobilining orqa tomoniga urilgan va qarama-qarshi oqimni ajratib turuvchi toʻsiqqa urilib agʻdarilgan.

Natijada, haydovchi J.A. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Mazkur YTH yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?