Popda noqonuniy ishdan boʻshatilgan fuqaroga uch oylik kompensatsiya undirib berildi

Foto: Xalq so‘zi
Namangan viloyati Pop tuman adliya boʻlimiga Margʻizor mahallasida yashovchi fuqaro Maʼmurjon Toʻychiyevdan murojaat kelib tushdi. Aytishiga qaraganda, u mehnat qilib kelayotgan tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi fuqaroni nohaq ishdan boʻshatib yuborgan.
Masalani oʻrganish jarayonida korxona xodim bilan mehnat shartnomasini bir tomonlama, yaʼni ish beruvchi tashabbusi bilan bekor qilishi jarayonida amaldagi qonun hujjatlariga rioya qilinmagani aniqlandi. Toʻplangan materiallar asosida fuqaro manfaati yuzasidan Chust tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritildi.
Nizo sud majlisida koʻrib chiqilganidan soʻng fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi. Sudning tegishli hujjatiga asosan javobgar tomonidan M.Toʻychiyev foydasiga uch oylik ish haqiga teng miqdorda kompensatsiya undirib berildi. M. Toʻychiyev sudda ish koʻrilguniga qadar pensiya yoshiga yetganligi sababli murojaatning ishga tiklash qismidan voz kechgan.
Maʼlumot uchun, 2022-yilning olti oyi davomida Pop tuman adliya boʻlimiga jami 219 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, ulardan 172 tasi qanoatlantirildi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
- Buxoroda Kushon davriga oid devor qoldiqlari topildi
- O‘zbekistonga Erondan issiq havo massalari kirib kelmoqda
- Kitoblar — tafakkur chashmasi
- Qatar Davlati Amiri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring