Pomuq — xalqlar doʻstligining ramziy shaharchasi

22:16 27 Sentyabr 2021 Jamiyat
293 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Mamlakatimizning Turkmaniston bilan chegaradosh Mirishkor tumanidagi Pomuq shaharchasi xalqlar doʻstligining ramziy shaharchasiga aylanib bormoqda. Yaqinda bu yerda “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida oʻtgan bayram tantanalari ham buni yana bir karra isbotladi.

Tadbirda turli xalqlarning milliy liboslari, qadimiy anʼanalari, milliy taomlari namoyish etildi, kuy-qoʻshiqlar avjiga chiqdi. Unda Turkmaniston Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yazguli Mamedov, Prezident maslahatchisi Tursinxon Xudoyberganov va Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.

— Pomuqning xalqlar doʻstligi markaziga aylanib borayotgani bejiz emas, — deydi shu yerlik keksa ijodkor Abdinabi Abdiyev. —Chunki bu hudud Buyuk Ipak yoʻlida joylashgan va qadimda katta-katta karvonlarga manzil boʻlgan. Madaniyat, maʼrifat rivojlangan, kuragi yerga tegmagan polvonlaru baxshilar oʻtgan. Bugun bayram tadbirlarida ana shu tariximiz parchalarini koʻrdik.

Shu kuni yangi qiyofadagi Pomuq madaniyat markazining ochilish marosimi ham boʻlib oʻtdi.

Faxriddin Bozorov, “Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?