Polshada oʻtkazilayotgan NATO mashgʻulotlarida ispaniyalik askar halok boʻldi

01:03 23 Aprel 2024 Dunyo
385 0

Foto: AP

Ispaniyalik harbiy NATOning Polshada oʻtkazilayotgan xalqaro mashgʻulotlari chogʻida halok boʻlgan. Bu haqda Polsha mudofaa vazirligi maʼlum qildi.

«Saber Strike» xalqaro mashqlari chogʻida ispaniyalik askar halok boʻlgani uchun chuqur hamdardlik bildiramiz», — deyiladi vazirlik bayonotida.

Aniqlik kiritilishicha, ispaniyalik askar taktik oʻq otish mashgʻulotlari paytida yuz bergan baxtsiz hodisa oqibatida halok boʻlgan.

NATOning «Saber Strike» xalqaro taktik mashgʻulotlari har yili Polshada oʻtkaziladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер