Polshada har toʻrtinchi pedofil ruhoniy boʻlib chiqdi

02:36 27 Iyul 2021 Dunyo
991 0

Polshada voyaga etmaganlarga qarshi jinsiy jinoyatlarda gumon qilinayotgan har toʻrt kishidan biri ruhoniy boʻlib chiqdi. Xuddi shunday xulosaga voyaga etmaganlarga qarshi jinsiy jinoyatlarga qarshi kurash boʻyicha Polsha davlat komissiyasi tomonidan kelindi, deya yozmoqda “Wiadomosci”.

Bunday jinoyatlarning uchdan biridan koʻprogʻida (35,6 foiz) bolaning qarindoshlari tomonidan sodir etilgan. Bunda cherkov xizmatchilari taxminan 30 foizni tashkil etgan.

2019-yilda tashkil etilgan komissiya tomonidan oʻtgan yillar davomida 349 ish koʻrib chiqilgan. Ushbu jinoyatlarning yuzga yaqini ruhoniylar tomonidan sodir etilgani gumon qilinmoqda. Koʻrib chiqilgan barcha ishlarning 55 tasi prokuraturaga oʻtkazilgan.

Statistik maʼlumotlarni keltirgan oʻsha hisobotda komissiya aʼzolari bunday ishlar bilan shugʻullanadigan maxsus bolalar advokati institutini yaratishni taklif qilmoqdalar.

Avvalroq, shunday tadqiqot natijalari Fransiyada maʼlum boʻlgan. Unga koʻra, 1950-yillardan beri ruhoniylar tomonidan jinsiy tahqirlashning 10 mingga yaqin holati aniqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?