Polsha Prezidenti Rossiyani “ozodlik dushmani” deb atadi

04:18 04 May 2021 Dunyo
602 0

Polsha Prezidenti Andjey Duda mamlakat birinchi Konstitutsiyasi kunidagi nutqida 1792-yilgi voqealarni esga olib, Rossiyani “ozodlik dushmani” dedi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.

Polshada mamlakat konstitutsiyasining 230-yilligi nishonlanmoqda. Tadbirga Ukraina, Litva, Latviya va Estoniya rahbarlari taklif qilingan.

Dudaning soʻzlariga koʻra, mamlakat konstitutsiyada shunday shior yozilgan edi: Kishilik jamiyatining barcha qudrati odamlar xohishidan kelib chiqadi. Bu mamlakat abadiy tarixiy merosining ulkan xazinasiga aylangan va shuningdek, dunyoda demokratiyaning asosi boʻlgan.

“Aslida, shuning uchun ham bunga erkinlik dushmanlari toqat qila olmagan. Imperialistik Rossiya urush eʼlon qilgan”, deydi prezident.

Avvalroq, Rossiyaning Polshadagi elchisi Sergey Andreyev Moskva va Varshava oʻrtasidagi munosabatlar Ikkinchi Jahon urushidan keyingi eng past darajada ekanligini aytgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?