Polsha Odra daryosining ifloslanishiga oid aybdorlarni topganga 1 million zlotiy mukofot eʼlon qildi

23:25 13 Avgust 2022 Dunyo
770 0

Foto: Cezary Aszkielowicz/Agencja Wyborcza.pl, Reuters

Polsha politsiyasi Odra daryosining ifloslanishida aybdorlarni topgan har bir kishiga 1 million zlotiy miqdorida mukofot berishga tayyor. Avvalroq, ekologlar unda oʻn tonnadan ortiq oʻlik baliqni tutishgan, mutaxassislar sanoat korxonalaridan birining suvga “zaharli modda” tushganini aytishgandi.

«Bugun politsiya bosh komendanti ushbu ekologik halokat uchun javobgarlarni aniqlashga yordam bergani uchun 1 million zlotiy miqdorida mukofot eʼlon qildi», dedi Polsha ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Masey Vonsik bugungi brifingda.

Odrada baliqlarning ommaviy nobud boʻlishi munosabati bilan Polsha hukumati bir qator Polsha voyevodliklarida (mahalliy eng yirik maʼmuriy birliklar) suv sporti yoki baliq ovlashni taqiqladi. Ifloslangan daryoni tozalash uchun armiya kiritildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?