Polsha Germaniyadan Ikkinchi jahon urushi uchun kompensatsiya talab qilmoqda
Foto: AP
Polsha Yevropa Ittifoqi kengashiga Germaniyadan Ikkinchi jahon urushida yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya toʻlash boʻyicha rezolyutsiyani taqdim etdi.
Polsha tashqi ishlar vazirining tovon toʻlash boʻyicha oʻrinbosari Arkadiush Mulyarchikning aytishicha, Varshava Ikkinchi jahon urushida qurbon boʻlganlarning oilalari va yaqinlariga Germaniyadan yetkazilgan zarar uchun shaxsiy kompensatsiya toʻlash boʻyicha Yevropa Ittifoqi kengashiga rezolyutsiya taqdim etgan.
“Birinchi marta Yevropa Kengashida Ikkinchi jahon urushi oqibatida qurbonlar va ularning oilalari uchun Germaniyadan yetkazilgan zarar uchun individual tovon puli olish masalasi haqida gap ketmoqda. Bu masala boʻyicha qaror ustida ishlayapmiz”, deydi Mulyarchuk.
Avvalroq, Polsha hukumati Germaniyadan Ikkinchi jahon urushi uchun tovon puli olishga yordam berishni soʻrab Yevropa Kengashiga murojaat qilgan edi. Mulyarchik, shuningdek, Yevropa Kengashi Bosh kotibi va Vazirlar qoʻmitasiga Polsha va Germaniya oʻrtasidagi hamkorlik formulasini yaratish iltimosi bilan murojaat qilgan. Uning taʼkidlashicha, Varshava Berlinning bu borada muloqotga kirishish istagini koʻrmaydi.
Oʻtgan yili Polshaning hukmron “Qonun va adolat” partiyasi rahbari Yaroslav Kachinski Germaniyadan polyaklarga urush vaqtida yetkazgan zarar uchun 1,3 trillion dollar tovon toʻlashni talab qilgan edi. Nemis rasmiylari bu talabni rad etib, zarar allaqachon qoplanganligini bildirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring