Pokistonda kuchli yomgʻirlar oqibatida 820 kishi halok boʻldi

13:30 23 Avgust 2022 Dunyo
626 0

Foto: AFP

Pokistonda iyun oyi oʻrtalaridan beri davom etayotgan kuchli yomgʻirlar oqibatida 820 kishi halok boʻldi, deb xabar bermoqda Sinxua agentligi.

Halok boʻlganlar orasida 304 nafar bola va 178 nafar ayol bor. Ular asosan toshqinlardan kuchli zarar koʻrgan hududlarda yashagan. Yana 1315 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

Janubi-gʻarbiy Balujiston viloyati eng koʻp jabrlangan hudud boʻlib qolmoqda, turli baxtsiz hodisalarda 225 kishi halok boʻldi, 95 kishi jarohat oldi.

Mamlakat boʻylab suv toshqinlari oqibatida 2886,9 kilometrga yaqin yoʻl, 129 ta koʻprik va 50 ta savdo doʻkonini suv olib ketdi. Taxminan 504 321 bosh chorva nobud boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?