Pokiston va Afgʻoniston chegarasida otishma yuz berdi. Qurbonlar bor

18:02 14 Sentyabr 2022 Dunyo
603 0

Arxiv surat

Joriy yilning 14-sentyabrga oʻtar kechasi Pokiston va Afgʻoniston chegarasida otishma yuz berdi. Bu haqda “Associated Press” xabar tarqatdi. Manbaga koʻra, har ikki tomondan ham qurbonlar bor.

Pokiston Qurolli kuchlari tomonidan berilgan bayonotga koʻra, Afgʻoniston chegarasidan oʻqqa tutilishi natijasida 3 nafar Pokiston askari halok boʻlgan. Qayd etilishicha, “Tolibon” Xayber-Paxtunxva viloyatining Kurram tumanidagi chegara postiga qarata oʻt ochgan.

Oʻz navbatida, “Tolibon” harakati Afgʻoniston hukumati pokistonliklarning chegara yaqinida nazorat-oʻtkazish punkti qurishiga yoʻl qoʻymaslikka urinayotganini maʼlum qildi. Qayd etilishicha, masalani muhokama qilish uchun bir necha kishi yaqinlashganidan keyin Pokiston harbiylari otishmani boshlagan. “Tolibon” orasida qurbonlar soniga aniqlik kiritilmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер