Pokiston hukumati masjiddagi portlashdan keyin 23 kishini hibsga oldi

Foto: Reuters
Pokiston hukumati masjiddagi portlashdan keyin 23 kishini, jumladan politsiyachilarni hibsga oldi.
Pokiston hukumati Peshovar shahridagi masjidda sodir boʻlgan portlashga aloqadorlikda gumon qilib, 23 kishini, jumladan politsiya xodimlarini hibsga oldi. Bu haqda “Agence France-Presse” (AFP) manbalarga tayanib xabar berdi.
Agentlik maʼlumotlariga koʻra, hibsga olinganlar orasida Peshovar aholisi va Afgʻoniston bilan chegaradosh hududlardan kelganlar ham bor. Bundan tashqari, huquq-tartibot idoralari xodimlari ham hibsga olingan.
Oldinroq shahar politsiyasi boshligʻi Ijaz Xon huquq-tartibot idoralari allaqachon muhim hibsga olishlarga sabab boʻlgan dalillarni topganini aytgan edi.
Shu yilning 30-yanvar kuni Afgʻoniston chegarasi yaqinidagi Peshovar shahridagi masjidda sodir etilgan portlash oqibatida 95 kishi hayotdan koʻz yumgan edi. Ushbu hodisaga munosabat bildirgan Pokiston hukumati bu qabihlik uchun albatta qasos olinishini maʼlum qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
- Shvetsiya parlamenti Ukrainaga 600 million dollarlik harbiy yordam ajratishni maʼqulladi
- Donald Trampning hibsga olinish xavfi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring