Pokiston bilan harbiy-texnikaviy sohada hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi Qonun maʼqullandi
Foto: Sirojiddin Vohidov / «Xalq so‘zi»
Senatning qirq ikkinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati o‘rtasida harbiy-texnikaviy sohada hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimni (Islomobod, 2022-yil 3-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.
Muhokama chog‘ida senatorlar O‘zbekiston va Pokiston xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari chuqur tarixiy ildizga ega ekanini taʼkidladi.

Hozirgi vaqtda bu ikki davlat o‘rtasida o‘zaro ishonch va yuksak hurmatga asoslangan manfaatli va samarali hamkorlikni rivojlantirish uchun mustahkam poydevorga aylandi.
Bitimning asosiy maqsadi teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik tamoyili asosida ikki mamlakat o‘rtasida harbiy-texnikaviy sohada hamkorlikni yana-da rivojlantirish ekani qayd etildi.

Senatorlar ratifikatsiya qilish uchun taqdim etilgan Bitimning ahamiyatini yuqori baholab, O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi harbiy-texnikaviy sohadagi hamkorlik ikki davlat qurolli kuchlarining mudofaa salohiyatini yana-da oshirish va mintaqaviy xavfsizlik asoslarini mustahkamlashga xizmat qilishini taʼkidladi.
Senatorlar Bitimning qabul qilinishi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga yangi turtki berishini va davlatlar o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yana-da mustahkamlashga xizmat qilishini taʼkidladi.
Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring