Poytaxtliklarning 20 mingdan ziyod masalasi hal etildi

Davlatimiz rahbari topshirigʻiga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi faoliyatining navbatdagi manzili Toshkent shahri boʻldi.
Ishchi guruh tarkibiga 30 ta vazirlik va idoralar, shahar, tuman sektorlari, sohaviy tashkilotlar vakillari jalb etilib, har bir tuman hokimiyati qoshida tezkor guruhlar shtablari tashkil etildi.
Faoliyat davomida shu kunga qadar poytaxtning 533 ta mahallasidagi 700 mingdan ziyod xonadondan 43% oʻrganildi. Uyma-uy yurish davomida 41 mingga yaqin muammolar aniqlanib, 20 mingdan ziyodi joyida hal etildi, qolgan masalalar boʻyicha ishlar nazoratga olindi. Taʼkidlash kerakki, aniqlangan muammolarni tezkorlik bilan hal etish maqsadida qator keng qamrovli ijobiy ishlar amalga oshirilyapti.
Jumladan, aholi orasida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun tijorat banklari tomonidan 7 487 nafar aholi va tadbirkorlik subyektlariga 222,1 mlrd. soʻm kreditlar ajratildi. Shundan, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 21 nafar fuqaroga 509 mln. soʻm kredit ajratildi.
Sogʻliqni saqlash, ijtimoiy muhofaza masalalari boʻyicha esa 8 011 nafar fuqarolar tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Kasallik aniqlangan 429 nafar bemor shahar shifoxonalariga yotqizildi, 19 nafari respublika muassasalarida davolanish uchun yoʻllanma berildi. 25 nafar bemor shahar shifoxonalariga yotqizilib, yuqori texnologik amaliyot oʻtkazildi.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan 146 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga bir marotabalik yordam sifatida 1,2 mln. soʻmdan jami 175,2 mln. soʻm moddiy yordam ajratildi. Poytaxtning kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma holati va ularni yaxshilash masalalari ham Respublika ishchi guruhi eʼtibori markazida boʻldi.
Xususan, tumanlarda 15 ta gaz taqsimlash punktlari, 271 ta aholi xonadonlaridagi gaz jihozlari texnik koʻrikdan oʻtkazildi, 6,3 km gaz tarmoqlarida joriy taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida Toshkent shahrida 39 km yangi tarmoq tortilib, 5 ta transformator, 30 ta temir-beton tayanchlar oʻrnatildi. Shahar boʻyicha 32,0 km eskirgan ichimlik suv tarmoqlarini mukammal taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, “Yashil makon” umummilliy loyihasining poytaxtda bajarilish ishlari ham guruh aʼzolarining alohida nazoratida boʻlib kelyapti.
Misol uchun, Chilonzor tumanida 4,3 km irrigatsiya tarmoqlari tozalanib, loyiha doirasida 3000 dona gul koʻchatlari ekildi. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan “Olmazor – Chinoz”, “Yangi yoʻl – Paxta”, “Paxta – Olmazor” yoʻnalishlari, “Olmazor – Chinoz” bekatlari oraligʻida jami 4,9 km temir yoʻl yoqalarida daraxt butalari oqlanib, yerga ishlov berilib, obodonlashtirish, hududni chiqindilardan tozalash ishlari amalga oshirildi.
Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- O‘zbekiston Prezidenti va Singapur Prezidenti muzokara o‘tkazdilar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring