Poytaxtimiz tumanlarida joylashgan 50 ta referendum uchastkasida ovoz beruvchi fuqarolarni biometrik identifikatsiya qilish tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etilgan

Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizomxoʻjayev ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini isloh qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining referendumida ovoz berish jarayonlari boshlanganligi munosabati bilan oʻtkazilgan brifingda shu haqida maʼlum qilindi.
Taʼkidlanganidek, joriy yilgi referendumda ovoz berish jarayonini Oʻzbekistonning barcha tuman va shaharlari hududida joylashgan ikkitagacha referendum uchastkasida oʻrnatilgan videokameralar orqali amalga oshirilayotgan video-translyatsiyadan real vaqt rejimida (onlayn) kuzatib borish imkoniyati yaratilganligi qayd etildi.
“Referendum oʻtkazuvchi 14-Toshkent shahar okrug komissiyasining tavsiyasiga binoan, poytaxtimiz tumanlarida joylashgan ellikta referendum uchastkasida ovoz beruvchi fuqarolarni biometrik identifikatsiya qilish tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etilgan” dedi MSK Raisi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Senatning qirq beshinchi yalpi majlisi 29-sentabr kuni chaqiriladi
- Chustda bogʻcha tarbiyalanuvchilari doridan zaharlanganmidi yoki... Vaziyatga aniqlik kiritilmoqda
- Hanjouda Osiyo o‘yinlariga start berildi. Ochilish marosimidan fotoreportaj
- Shavkat Mirziyoyev Italiya sobiq prezidenti vafoti munosabati bilan taʼziya yoʻlladi
- Hanjou-2022: Futbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi yarim finalda!
- Astraxanda VIII Kaspiy mediaforumi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring