Poytaxtdagi 7 ta oliy sport mahorati maktabi tugatiladi

18:40 07 Aprel 2026 Siyosat
312 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida Olimpiya va Paralimpiya harakatini rivojlantirish, professional sportda seleksiya tizimini takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Joriy yildan Prezident Olimpiadasi doirasida musobaqa oʻtkaziladigan sport turlari 2 karra koʻpaytirilib, 21 taga yetkaziladi. Endi mazkur olimpiada parasport boʻyicha ham oʻtkazilishi belgilandi.

Har bir tuman, viloyat hokimi oʻz hududida Hokim olimpiadasini tashkil qiladi. Ushbu musobaqalar gʻoliblari Prezident olimpiadasiga yoʻllanma oladi.

Olimpiya qoʻmitasining hududiy boʻlimi direktorlari bir vaqtning oʻzida viloyat hokimlariga sport boʻyicha maslahatchi boʻladi.

Poytaxtdagi 7 ta oliy sport mahorati maktabi tugatilib, oʻrniga Olimpiya shaharchasida “Olimpiya terma jamoalari markazi” tashkil qilinadi. Joylardagi 56 ta ixtisoslashgan sport maktabi ham markazning boshqaruviga oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?