Poytaxtda Maxtumquli koʻchasidan Parkent koʻchasiga oʻtish yoʻli vaqtincha yopiladi

16:46 24 Iyun 2020 Jamiyat
524 0

Yoʻlsozlik ishlari olib borilayotgani sababli shahrimizning Maxtumquli koʻchasidan Parkent koʻchasiga oʻtish yoʻli 24-iyun kuni soat 20:00 dan 25-iyun soat 10:00 ga qadar yopiladi. Bu haqda Poytaxt hokimligi xabar bermoqda.

"Tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga aylanma yoʻllardan harakatlanishni tavsiya qilamiz.

Noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz", deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?