Poytaxtda “Kobalt” avval avtobus bekati, soʻngra yana ikkita “Kobalt”ga borib urildi

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 14-fevral kuni soat 19:00larda, Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, Osiyo koʻchasida, haydovchi, 2003-yilda tugʻilgan (haydovchilik guvohnomasi olmagan) M.M. “Kobalt” rusumli avtomobilda harakatlanayotib, ushbu koʻchada joylashagan “Kardiologiya markazi” roʻparasiga yetgan vaqtida boshqaruvni yoʻqotgan va avtobus bekatiga urilib, bekat ortidagi avtoturargohda toʻxtab turgan, haydovchi, 1986-yilda tugʻilgan F.E. boshqarib kelgan “Kobalt” rusumli hamda haydovchi, 1971-yilda tugʻilgan A.X. boshqarib kelgan yana bir “Kobalt” rusumli avtomobillarga toʻqnashgan.
IIV YHXBB axborot xizmatining xabar berishicha, toʻqnashuv vaqtida piyoda, 1988-yilda tugʻilgan B.M. tan jarohati olib, birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, hodisa sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring