Poytaxtda 3 ta avtomobil ishtirokida toʻqnashuv sodir boʻldi. 5 kishi jarohatlandi

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 4-iyun kuni soat 10:50 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Baynalminal koʻchasida joylashgan 26-uy roʻparasida “Nexia-3”, ”Lacetti“ va ”Mercedes-Benz" rusumli avtomobillar ishtirokida toʻqnashuv sodir boʻlgan.
YHXBB axborot xizmatining xabar berishicha, YTH oqibatida “Mercedes-Benz“ rusumli avtomobilda boʻlgan haydovchi va 3 nafar yoʻlovchi hamda ”Lacetti” rusumli avtomobilda boʻlgan bir nafar yoʻlovchi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib toʻqnashuv sodir boʻlish sabablariga oydinlik kiritilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring