“Pobeda” aviakompaniyasi Oʻzbekistonga parvozlarni boshlaydi

12:19 07 Mart 2023 Jamiyat
413 0

Rossiyaning “Pobeda” aviakompaniyasi 2023-yil 21-apreldan boshlab Moskva va Samarqandni toʻgʻridan-toʻgʻri charter reyslar bilan bogʻlashni rejalashtirmoqda. Moskva — Samarqand — Moskva yoʻnalishi boʻyicha parvozlar haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Ushbu niyatni Rossiya aviatashuvchisi vakillari Uzbekistan Airports kompaniyasi bilan muzokaralarda bildirishgan. Muloqot chogʻida Rossiya shaharlaridan Toshkent, Samarqand, Buxoro va Oʻzbekistonning boshqa shaharlariga muntazam yoʻlovchi qatnovlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Pobeda — “Aeroflot-Rossiya havo yoʻllari” guruhining shoʻba korxonasi, Rossiyaning arzon aviakompaniyasi boʻlib, shtab-kvartirasi Vnukovo (Moskva) aeroportida joylashgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?