«Platsebo effekti»: Bel ogʻrigʻini yangi usulda davolash mumkin

10:48 04 Sentyabr 2022 Jamiyat
649 0

Foto: Illustrativ foto

Dunyoda bel ogʻrigʻidan aziyat chekuvchi bemorlar koʻp. Ammo turli muolajalarga qaramay, bu darddan toʻliq xalos boʻla olmayotganlar, afsuski, oramizda kam emas.

Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels universiteti olimlari bu muammodan tez va oson xalos boʻlish imkonini beruvchi yangi davolash usulini topdi. U maxsus “miya mashgʻulotlari”ni oʻz ichiga oladi.

Tadqiqotchilar fikricha, «Platsebo effekti» deb nomlangan bu usul bel ogʻrigʻini anʼanaviy davolash, yaʼni uqalash muolajalari va dori-darmonlar terapiyasiga nisbatan ancha yuqori natija beradi. Chunki muammoning ildizi koʻpincha belda emas, markaziy asab tizimidadir.

Oʻtkazilgan tajribada bel ogʻrigʻidan aziyat chekayotgan bemorlar ikki guruhga boʻlindi. Birinchi guruh 12 hafta davomida manual terapiyani qabul qildi.

Qolganlar esa yangi usuldagi maxsus “miya mashgʻulotlari” kursidan oʻtdi. Yakunda ikkinchi guruh eng yaxshi natijani qayd etib, bemorlar bel ogʻriqlaridan xalos boʻldi.

Tajriba mualliflarining taʼkidlashicha, bu texnologiya suyak va mushaklar yoki orqa miya disklari bilan bogʻliq muammolarni bartaraf etishga qaratilmagan. Balki markaziy asab tizimi bilan ishlashga asoslangan.

Toʻgʻri, ogʻriqlarning sabablari koʻp boʻlishi mumkin. Har bir holat, albatta, oʻziga xos yondashuvni talab qiladi. Ammo bunday omillar orasida davomli stress eng keng tarqalgani. Ogʻriq sindromi mushaklarda spazm paydo boʻlishi tufayli yuzaga keladi, bu esa normal qon aylanishiga xalaqit beradi.

Nofaol turmush tarziga ega hamda kamharakat kishilar bunday kasalliklarga koʻproq moyil. Shu bois, tadqiqotchilar “yangi usul tibbiyotda katta samara beradi”, degan xulosada.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер