Plastik kartadan kompyuter yordamida pul oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi

11:17 23 Avgust 2022 Jamiyat
194 0

Fuqaro T.A. IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 26-iyul kuni nomaʼlum shaxs tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasida boʻlgan jami 4.000.000 soʻm pullarini kompyuter yordamida oʻziga sezdirmay yechib olganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni S.S. sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?