Piyoda yurib, 100 million soʻm yutib olish imkoniyati 

11:50 16 Yanvar 2022 Jamiyat
1168 0

Xabaringiz bor, 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoniga muvofiq “Sogʻlom turmush tarzi” (www.1hls.uz) platformasi tashkil etilgan edi.

Endilikda 1hls.uz platformasida kuniga 10 ming qadam yurgan fuqarolarni ragʻbatlantirishning yangi tizimi joriy qilinmoqda.

Platforma foydalanuvchilarini yanada koʻproq ragʻbatlantish maqsadida har hafta bitta 100 million soʻm miqdorida pul mukofoti va mingta velosiped oʻynaladi.

Shaffoflik va xolislikni taʼminlash maqsadida jamoatchilik faollari, IT-mutaxassislari, jurnalist va blogerlardan iborat Jamoatchilik nazorati kengashi tashkil etiladi hamda barcha jarayonlar ustidan qatʼiy nazorat olib boriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?