Piskentdagi koʻprikning qulashiga nima sabab boʻlgani aniqlandi

12:24 03 Oktyabr 2024 Jamiyat
205 0

Foto: Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

Avvalroq Toshkent viloyati Piskent tumanidagi koʻprik qulab tushgani haqida xabar berilgan edi. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi holat yuzasidan oʻrganish ishlari natijasini maʼlum qildi.

Unga koʻra, davlat ahamiyatiga ega boʻlgan 4R19 Toʻytepa-Piskent A373 avtoyoʻlining 14-kilometr qismidagi temir-beton koʻprikda ogʻir yuk tashuvchi avtotransport vositasi meʼyordan ortiq yuk bilan harakatlangan. Oqibatda koʻprikning oʻng tomonlama harakat tasmasidagi oraliq temir-beton qurilmalari (“balka”) va tayanch (“svaya”) qismlari yuklamaga bardosh berolmasdan sinib, avtotransport vositasi bilan birgalikda Toshkanal kanaliga tushib ketgan.

Maʼlum boʻlishicha, fuqaro R.R.ga tegishli boʻlgan “Howo” rusumli yuk mashinasining texnik pasportiga muvofiq, uning yuksiz vazni 26,8 tonna va toʻla vazni 40 tonnani tashkil etadi. Mazkur transport vositasining hujjatlari oʻrganilganda unga qum yuklangani va yuk xatiga asosan qumning hajmi 50 metr kub ekani aniqlangan.

Hisob-kitoblarga koʻra, oʻsha vaqtda “Howo”ga yuklangan qumning ogʻirligi 80 tonna, unga transport vositasining yuksiz vazni (26,8 tonna)ni qoʻshib hisoblaganda 106,8 tonnani tashkil etgan.

Koʻprikda ogʻir yuk tashuvchi avtotransport vositalarining harakatini taqiqlovchi va 8 tonnagacha yuk bilan harakatlanish mumkin ekanini koʻrsatuvchi yoʻl belgilari oʻrnatilganiga qaramasdan, haydovchi ushbu cheklovlarga amalga qilmagan. Buning oqibatida ushbu favqulodda holatning yuzaga kelishiga sababchi boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер