Piskent tumanida 500 mln soʻm kredit mablagʻini noqonuniy oʻzlashtirgan MCHJ rahbariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

17:03 04 May 2021 Jamiyat
195 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tuman boʻlimi tomonidan ATB «Mikrokreditbank» Piskent filialining murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.D.» MCHJ rahbari B.X. bank filialidan uskunalar sotib olish uchun ajratilgan 500 mln soʻm kreditni noqonuniy oʻzlashtirib, oʻtkazilgan monitoringda avvaldan mavjud boʻlgan eski asbob-uskunalarini goʻyoki kredit mablagʻi evaziga sotib olganligini koʻrsatganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?