Pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi, Bojxona qoʻmitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi, DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Ohangaron tumanida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Tezkor kuzatuvga olingan “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi Ohangaron tumanidagi “Chinor” YPX maskanida toʻxtatilib belgilangan tartibda koʻzdan kechirilganda, xorijda ishlab chiqarilgan va tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari boʻlmagan 97 mln. soʻmlik jami 193 ming 800 dona “Britanik” nomli pirotexnika mahsuloti borligi aniqlandi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib “Kobalt” rusumli avtotransport vositasi ham belgilangan tartibda koʻzdan kechirilganda 43 mln soʻmlik jami 86 ming 400 dona “Britanik” nomli pirotexnika mahsuloti borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
- “JCH-2026”ga Osiyodan toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritgan terma jamoalar maʼlum
- Shomurodovning koʻz yoshlari, Fayzullayevning raqsi va muxlislar hayqirigʻi — Mundial eshiklarini ochgan oʻyindan fotoreportaj
- Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Bitiruvchi – 2025” tantanali marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring