Pirotexnika savdosiga chek qoʻyildi

16:41 24 Noyabr 2020 Jamiyat
202 0

Pirotexnika vositalarini yashirincha olib kirish hamda oldi-sotdisi bilan shugʻullanishga boʻlgan urinishlarga qarshi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan samarali kurash olib borilmoqda.

Xususan, Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi, viloyat DXX boshqarmasi hamda viloyat Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda Samarqand shahrida tezkor tadbir oʻtkazildi.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmatining xabariga koʻra, natijada, fuqaro Sh.I. oʻziga tegishli boʻlgan umumiy qiymati 28 million soʻmdan ziyod «Britanik» yozuvli jami 171 600 dona pirotexnika vositalarini sotmoqchi boʻlgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan toʻxtatib qolingan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?