“Pfizer” va “BioNTech” koronavirusga qarshi bolalar vaksinasini tasdiqlash uchun ariza berdi

00:38 08 Oktyabr 2021 Dunyo
479 0

Illyustrativ foto

AQSHning “Pfizer“ kompaniyasi Germaniyaning ”BioNTech” kompaniyasi bilan 5-12 yoshli bolalarni emlash uchun COVID-19 qarshi vaksinani favqulodda tasdiqlash uchun AQSH tibbiy regulyatoriga ariza berdi.

Oq uyning COVID-19 boʻyicha koordinatori Jeff Zintsning aytishicha, tibbiy regulyatorlar farmatsevtika kompaniyalarining arizalarini koʻrib chiqadi.

“Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (FDA) arizani oyning oxirida maslahat kengashi bilan koʻrib chiqishni rejalashtirilgan. Keyin AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC) xuddi shu ishni amalga oshiradi”, deydi Oq uy koordinatori CNN telekanaliga bergan intervyusida.

Oldinroq, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bezgakka dunyodagi birinchi vaksina tasdiqlagani haqida xabar bergan edik

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?