Peruda Giyena-Barre sindromi holatlari koʻpayishi sababli favqulodda holat elon qilindi

20:17 12 Iyul 2023 Dunyo
825 0

10-iyul kuni Peru hukumati tomonidan mushaklar kuchsizligi, sezuvchanlikning buzilishi va asab tizimi bilan bogʻliq muammolarni keltirib chiqaradigan oʻtkir autoimmun yalligʻlanish kasalligi boʻlgan Giyena-Barre sindromi bilan kasallanish holatlari koʻpayganligi sababli mamlakatda favqulodda holat eʼlon qilindi.

Taʼkidlanishicha, mamlakatning 165 ga yaqin aholisi shu sindrom bilan kasallangan, ulardan toʻrt nafari vafot etgan.

Favqulodda holat elon qilinishi mamlakat hukumati fuqarolarni davolash uchun zudlik bilan 7500 ming ampuladan ortiq qimmat immunoglobulin sotib olishi uchun zarur edi. Ilgari u hayot uchun muhim dorilar roʻyxatiga kiritilmaganligi sababli sotib olishning iloji yoʻq edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?