Permdagi otishma oqibatida 6 kishi hayotdan koʻz yumgan, 30 nafarga yaqin odam tan jarohati olgan

17:16 20 Sentyabr 2021 Dunyo
703 0

Kadr: Telegram-kanal “112”

20-sentyabr kuni ertalab Perm davlat universitetiga qurolli bosqinchilik amalga oshirildi. Qurollangan nomaʼlum shaxs binoga bostirib kirib, birinchi qavatdagilarni oʻqqa tutgan. 

Keyinroq, otishmani universitet talabasi amalga oshirgani maʼlum boʻldi. Huquqni muhofaza qilish organlari maʼlumotlariga koʻra, otishma universitetni huquqshunoslik fakultetining birinchi kurs talabasi 18 yoshli Timur Bekmansurov tomonidan uyushtirilgan. U universitetga hujum uyushtirilishidan oldin ijtimoiy tarmoqda xabar qoldirgan. Timur Bekmansurov dastlab oʻzi oʻqigan maktabga qurolli hujum uyushtirishni rejalashtirgan. Lekin keyin fikridan qaytgan va Perm davlat universitetini tanlagan. 

Rossiya sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotiga koʻra, otishma oqibatida sakkiz kishi halok boʻlgan, bir necha oʻn kishi tan jarohati olgan.

Dastlabki, maʼlumotlarga koʻra, qurbonlaridan biri qoʻriqchi boʻlgan. U bosqinchini universitetga kiraverishda toʻxtatmoqchi boʻlgan. 

Universitetga hujum qilgan shaxs xavfsizlik kuchlari tomonidan zararsizlantirilgan va ayni paytda kasalxonada ekanligi aytilmoqda.

Rossiya Federatsiyasi Tergov qoʻmitasi mazkur ish yuzasidan jinoiy ish ochilgan va tergov harakatlari olib borilayotganini maʼlum qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?