«Perevaldagi baliq yomgʻiri» yuzasidan rasmiylar munosabat bildirdi

13:06 30 Noyabr 2021 Jamiyat
216 0

Foto: YHXB

Bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlarda «Perevalda baliq yomgʻiri» sarlavhasi ostidagi video tarqalgan edi. Holat boʻyicha YHXB maʼlumot berdi.

Xabar qilinishicha, 26-noyabr kuni soat 16:30 larda, Namangan viloyati, Pop tumani hududidan oʻtgan A-373 “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 227-kilometrida haydovchi, 1976-yilda tugʻilgan F.A. boshqaruvidagi "Zamyad“ rusumli avtomobilning shinasi havo chiqarib yuborishi oqibatida, transportga ortilgan “bochka” agʻdarilgan va “bochka” ichida boʻlgan baliq mahsulotlari avtomobil yoʻliga sochilib ketgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yoʻq. Hozirda holat yuzasidan Namangan viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan qoʻshimcha surishtiruv olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?