Pentagon AQSHning Ukrainani qoʻllab-quvvatlash rejalari haqida maʼlum qildi
Illyustrativ foto
Amerika Qoʻshma Shtatlar Ukrainaga mudofaa byudjetining boshqa bandlaridan hozircha pul ajratishni rejalashtirmagan, biroq kerak boʻlsa, bu imkoniyatni saqlab qoladi.
Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Patrik Rayder aytib oʻtdi.
“Qayta dasturlash (mudofaa byudjetining biridan boshqasiga mablagʻlarni oʻtkazish) shoshilinch zarurat boʻlgan taqdirda har doim imkoniyat boʻladi. Ammo hozircha, mening bilishimcha, Ukraina xavfsizligini qoʻllab-quvvatlash uchun qayta dasturlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinmagan”, — deydi Rayder.
Uning qoʻshimcha qilishicha, Pentagon AQSH Kongressi bilan hamkorlikda Ukrainaga qurol yetkazib berish uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratishni rejalashtirmoqda. Bungacha respublikachi senator Rend Pol AQSH Kongressi Vakillar palatasida Ukrainaga qoʻshimcha mablagʻ ajratilishini butunlay qisqartirish boʻyicha harakat kuchayayotganini aytgan edi.
Unga koʻra, bu, asosan, Amerika parlamenti quyi palatasida koʻpchilikni tashkil qiluvchi Respublikachilar partiyasi kongressmenlariga taʼsir qiladi.
Avvalroq, Gollandiya va Daniya AQSH Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlarini joʻnatishni maʼqullaganini tasdiqlagan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring