Pensiyani qaysi bank plastik kartasi orqali olish mumkin?

13:50 17 Mart 2021 Iqtisodiyot
290 0

Bugungi kunda pensiyalar toʻlovi bir necha xil shaklda amalga oshiriladi.

2017-yil iyul oyidan boshlab naqd pul shaklida pensiya toʻlovlari Xalq banki sayyor kassalari tomonidan amalga oshirilmoqda. Shuningdek, fuqarolar oʻzlarining xohishlariga koʻra pensiyalarini naqd pulsiz shaklida bank plastik kartalari orqali olishlari ham mumkin.

Pensionerlar pensiya toʻlovlarini bank plastik kartalari orqali amalga oshirish uchun istalgan tijorat bankini tanlash huquqiga egadirlar. Yaʼni, pensioner bankning uyiga yaqin joylashganligi, bankning xizmat koʻrsatish sifati yoki boshqa omillarni hisobga olgan holda bank plastik kartasini ochish uchun oʻziga eng qulay bankni tanlashi mumkin.

Yana shunday imkoniyat yaratilganki, fuqarolar pensiya toʻlovlarini kombinatsion yaʼni, bir qismini naqd va bir qismini bank kartasi orqali olishlari mumkin. Bunda, toʻlov shaklini tanlashda pensionerlarga toʻliq erkinlik yaratib berilgan.

Bundan tashqari, bugungi kunda Pensiya jamgʻarmasi tomonidan Markaziy bank va tijorat banklari bilan hamkorlikda yangi loyiha ishlab chiqilmoqda. Ushbu loyihaga asosan, 2021-yil iyun oyidan boshlab pensionerlar pensiyalarini bank plastik kartalarga oʻtkazishlari uchun Pensiya jamgʻarmasiga kelishlari shart emas. Yaʼni, toʻlovlarni bank kartasiga oʻtkazish uchun arizalarni tijorat banki filialida bank kartasini ochish bilan birga yoki masofadan turib mobil ilova orqali taqdim etish imkoniyati yaratilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?