Pensiya jamg‘armasining 34 yoshli ijro etuvchi apparati bo‘lim boshlig‘i vafot etdi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparati bo‘lim boshlig‘i - Kasimov Mirodil Mirxodiyevich olamdan o‘tdi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
"2020 yil 19 sentyabrda katta yo‘qotishga duch keldik. 34 yoshda jiddiy kassalik bilan og‘ir kurashdan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Mablag‘larni boshqarish va pensiya, nafaqalar to‘lovi monitoringi bo‘limi boshlig‘i – Kasimov Mirodil Mirxodiyevich olamdan o‘tdi.
Kasimov Mirodil 10 yildan ortiq vaqt mobaynida, jumladan, 2010-2015 yillar davomida pensiya jamg‘armasining Toshkent viloyat boshqarmasida Mablag‘larni boshqarish va to‘lov monitoringi bo‘limida mutaxassis keyinchalik bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
2015-2020 yillarda Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi apparatining Mablag‘larni boshqarish va pensiya, nafaqalar to‘lovi monitoringi bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib, o‘zining mehnatsevar, mas’uliyatli va har bir ishga puxtalik bilan yondashishi bilan tizim taraqqiyotiga munosib ulush qo‘shgan", deyiladi jamg‘arma xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring