Pensiya olish huquqiga ega boʻladigan xodimlar roʻyxati tuziladi

Foto: Arxiv surat
Hukumat qarori bilan (592-son, 13.10.2022-y.) Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Mazkur nizom davlat pensiyalarini tayinlash, pensiya imtiyozlarini qoʻllash, qayta hisoblash, tiklash, toʻlash, pensiyadan chegirma qilish, fuqarolarning pensiya va boshqa toʻlovlar bilan taʼminlashga doir masalalarini hal qilish tartibini belgilaydi.
Tashkilotlar maʼmuriyati har yili dekabrda shaxsiy varaqalar va mehnat daftarchalari asosida keyingi yilda ham umumiy, ham imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga ega boʻladigan xodimlar roʻyxatini tuzadi.
Fuqaro pensiya tayinlashni soʻrab pensiya olish huquqi paydo boʻlgan kundan boshlab istalgan vaqtda, biror muddat bilan cheklanmagan holda murojaat etish huquqiga ega.
Pensiya tayinlash (qayta hisoblash) uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar quyidagilardan olinganida Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi pensiya tayinlash uchun mavjud maʼlumotlarni tekshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
jamgʻarib boriladigan pensiya tizimidan;
pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilgan sugʻurta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestridan;
▫️fuqarolar ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestridan;
▫️yagona milliy mehnat tizimi idoralararo dasturiy-apparat kompleksi va boshqa vazirlik, idoralarning axborot tizimlaridan.
Quyidagilarni tayinlashni soʻrab murojaat qilganda ilova qilinishi zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlar Yagona milliy mehnat tizimi idoralararo dasturiy-apparat kompleksida mavjud boʻlgan hollarda ilova qilinmaydi:
yoshga doir pensiya tayinlashni;
nogironlik pensiyasini tayinlashni;
boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini tayinlashni;
Pensiya tayinlashni soʻrab murojaat qilgan shaxs zarur hujjatlarni taqdim etmagan taqdirda, Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi ushbu hujjatlarni tegishli tashkilotlardan talab qilish yuzasidan yordam koʻrsatadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring