Pensiya miqdori oshirildi

13:37 30 Aprel 2022 Jamiyat
1003 0

Foto: Illustrativ foto

“Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–128-son, 29.04.2022-y.) qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, 2022-yil 1-maydan yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari miqdori 12 foizga oshiriladi.

Shunga koʻra, Oʻzbekiston hududida pensiya va nafaqalar miqdori quyidagicha belgilanadi:

— pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 324 000 soʻm;

— yoshga doir eng kam pensiya – oyiga 633 000 soʻm;

— nogironlik pensiyalari, ish staji toʻliq boʻlmagandagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – oyiga 698 000 soʻm;

— mehnatga layoqatsizlarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi boʻlganlarga beriladigan nafaqa – oyiga 698 000 soʻm;

— 1941-1945-yillardagi urushda nogiron boʻlgan shaxslar va uning qatnashchilari, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad qamal qilinganda ishlaganlarning eng kam pensiyasi ustamalarni inobatga olgan holda – oyiga 3 080 000 soʻm;

— belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (633 000 soʻmdan) 698 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari miqdori – oyiga 698 000 soʻm.

Shuningdek, 2022-yil 1-maydan:

— zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 500 000 soʻm;

— ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – oyiga 500 000 soʻm;

— boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun nafaqa miqdori – oyiga 500 000 soʻm etib belgilanadi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun – 185 000 soʻmdan qoʻshiladi;

— boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 500 000 soʻm etib belgilanib, keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya toʻlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?