Pekin Ukrainadagi vaziyatdan Xitoyga zarar yetkazish uchun foydalanilsa, javob qaytarish bilan tahdid qildi

20:22 10 Iyun 2022 Dunyo
912 0

Arxiv surat

Agar Ukrainadagi vaziyatdan Xitoyga zarar yetkazish uchun foydalanilsa, Xitoy javob qaytaradi. 

Singapurda tashkil etilgan «Shangri-La muloqoti» xavfsizlik masalalari boʻyicha xalqaro konferensiyasi yakunlari boʻyicha Xitoy mudofaa vazirligi rasmiy vakili Vu Syan maʼlum qildi. Ushbu konferensiyada Xitoy mudofaa vaziri Vey Fenxe va AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan uchrashgan.

“Muzokaralar chogʻida Xitoy tomoni Ukraina masalasida hamisha xolis va adolatli pozitsiyani egallab kelganini, shuningdek, tinchlikka koʻmaklashish va muzokaralarni olgʻa siljitish uchun faol saʼy-harakatlarni amalga oshirganini taʼkidladi”, deydi Syan.

Shuningdek, Vu Syan agar Ukraina muammosi Xitoy huquq va manfaatlariga zarar yetkazish uchun bahona sifatida foydalanilsa, kuchli qarshi choralar koʻrilishi bilan tahdid qildi.

Avvalroq, Malayziya bosh vaziri Ismoil Sabri Yaqub “Nikkei” gazetasiga bergan intervyusida Xitoyni Ukrainadagi inqirozdan oʻz maqsadlari yoʻlida foydalanmaslikka, Janubiy Xitoy dengizidagi oʻz pozitsiyasini mustahkamlamaslikka chaqirgan edi. «Nafaqat Xitoy, balki boshqa yirik davlatlar ham Janubiy Xitoy dengizida hukmronlik mavqeiga ega boʻlmasliklari kerak», deydi Malayziya bosh vaziri.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?