Pekin-2022 Olimpiadasining ochilish marosimi haqida nimalarni bilamiz?

Koʻz ochib yumguncha navbatdagi qishki Olimpiya oʻyinlari ham yaqinlashib kelmoqda. 4-fevral kuni start oladigan Oʻyinlarning ochilish marosimi koʻpchilikda katta qiziqish uygʻotayotgani tabiiy.
Zero, mezbonlar 2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarining tantanali marosimini fantastik oʻtkazgani shunday xulosaga olib kelmoqda.
Xoʻsh, bu yilgi marosimdan nimalar kutamiz?
Dastavval, tadbirning boshlanish vaqtiga toʻxtalsak. Marosim Toshkent vaqti bilan soat 17:00, mahalliy vaqt bilan esa 20:00 da start oladi. 14 yil avval boʻlgani kabi tadbir “Pekin Milliy stadioni” yoxud “Qush uyasi” nomi bilan ham mashhur boʻlgan arenada oʻtadi.
“Olimpiya xartiyasi” haqidagi protokolning 55-moddasiga binoan, marosimda quyidagi tadbirlar oʻtkaziladi:
1. XOQ prezidentining chiqishi va nutqi
2. Milliy madhiya yangrashi
3. Atletlar paradi
4. Kabutarlarning ramziy uchirilishi
5. Olimpiya lavr mukofotining topshirilishi
6. Rasmiylarning nutqi
7. Oʻyinlarning rasmiy ochilishi
8. Olimpiya madhiyasi sadosi ostida XOQ bayrogʻining koʻtarilishi
9. Olimpiya mashʼalasini yoqish
10. Badiiy qism.
Tabiiyki, hozirgi vaqtda marosimning badiiy qismi sir tutiladi. Uning ochiq boʻlishi marosimga boʻlgan qiziqishning tushib ketishini inobatga olsak, bu normal holat. Umid qilamizki, mezbonlar bu safar ham barchamizni lol qoldiradigan sahna koʻrinishlarini tayyorlashadi.
Rasmiylar. Xorijiy ommaviy axborot vositalarida bir qator davlat rahbarlarining ushbu marosimga tashrif buyurishi haqida xabarlar tarqalmoqda. Musobaqaning rasmiy saytida bu borada material eʼlon qilinmagan boʻlsa ham, ishonchli manbalar marosimda Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Argentina prezidenti Alberto Fernandes, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Kolumbiyaning birinchi xonimi Mariya Ruis kabi rasmiylarning tashrifi haqida xabarlar chop etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yevropada maymun chechakdan birinchi oʻlim qayd etilgani maʼlum qilindi
- Maymun chechak Osiyoning yana bir davlatiga kirib keldi
- Oʻzbekistonlik bokschilar Quvaytdagi musobaqada 5 ta oltin medalga sazovor boʻlishdi
- Buyuk Britaniya politsiyasi qiymati 40 million funt sterlinglik boʻlgan kokainni musodara qildi
- Bolgariya parlamenti tarqatib yuborildi
- Bryussel Boris Jonsonning NATO bosh kotibi lavozimini egallash ehtimolini baholadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring